Mazkur xalqaro forumda Oʻzbekistondan 30 nafarga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jumladan, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova ham ishtirok etdi.
Forum doirasida rektor F.Madraximova Ispaniyaning qator nufuzli universitetlari rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda oliy ta’lim, ilm-fan, akademik almashinuv va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Rey Xuan Karlos universiteti, Kadis universiteti hamda Saragosa universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Ushbu kelishuvlar Urganch davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasida yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, universitetning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hamkorlik materiali