Milliy matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida Ansoategi shtatida hantavirus yuqishi oqibatida uch kishi vafot etgani tasdiqlangani aytilgan.

Vazirlik vafot etganlarning shaxsi va yoshini ma’lum qilmagan, voqea tafsilotlarini aniqlash maqsadida keng qamrovli tekshiruv boshlanganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Venesuela Sog‘liqni saqlash vazirligi g‘arbiy Barinas shtatida ikki nafar tibbiyot xodimi hozircha sababi aniqlanmagan holatda vafot etganini ma’lum qildi.

Bayonotda Barinasdagi o‘limlar bilan Ansoategi shtatida tasdiqlangan hantavirus yuqishi holatlari o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligi ta’kidlangan. Ushbu ikki hodisaning bir-biriga aloqasi yo‘qligi qayd etilgan, deb xabar berdi Kazinform.

Avvalroq Niderlandiyadagi klinika xodimida hantavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.