Tantanali marosimda Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev soʻzga chiqib, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning «Nechun qulluq qilmay Andijonga men« nomli sheʼrini oʻqib eshittirdi.
Turkiy xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilgan ushbu tarixiy lahza, nafaqat oʻzbek sheʼriyati jozibasini balki ona tilimizning yuksakligini xalqaro sahnada yana bir bor yuksak choʻqqiga olib chiqdi. Boʻlib oʻtgan tadbirlar davomida yangragan milliy navolar va sanʼat ustalarining chiqishlari qardosh ellar oʻrtasidagi madaniy hamkorlik hamda doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Xalqaro madaniy forumning yopilish tantanalariga ulugʻvorlik bagʻishlagan mushaklar namoyishi esa ishtirokchilar va xorijiy mehmonlar qalbida yorqin iz qoldirdi.