Xiva–Buxoro–Xiva yo‘nalishi:
- 707-sonli Xiva–Buxoro-1 poezdi seshanba kunidan tashqari har kuni qatnaydi. Xivadan 09:55da jo‘nab, Buxoroga 14:32da yetib boradi.
- 706-sonli Buxoro-1–Xiva poezdi dushanba kunidan tashqari har kuni harakatlanadi. Buxorodan 15:45da jo‘nab, Xivaga 20:25da yetib keladi.
Shuningdek, 14 sentyabrdan Buxoro-1–Toshkent, 15 sentyabrdan esa Toshkent–Buxoro-1 yo‘nalishlarida mazkur elektropoqezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
701-sonli Buxoro-1–Toshkent poezdi har dushanba kuni soat 15:17da jo‘naydi va 21:22da Toshkentga yetib boradi.
702-sonli Toshkent–Buxoro-1 poezdi har seshanba kuni soat 10:05da yo‘lga chiqib, 15:17da Buxoroga yetib keladi.
Yangi elektropoqezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ayrim yo‘lovchi poezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi. Jumladan:
- 56-sonli Toshkent janubiy–Xiva — 8 sentyabrdan;
- 58-sonli Toshkent janubiy–Shovot — 10 sentyabrdan;
- 127/128-sonli Andijon–Qo‘ng‘irot — 8 sentyabrdan;
- 301-sonli Dushanbe–Toshkent — 15 sentyabrdan;
- 6412-sonli Toshkent janubiy–Xovos — 15 sentyabrdan, har seshanba kuni;
- 6353-sonli Urganch–Nukus — 9 sentyabrdan.
Yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda yangilangan harakat jadvaliga e’tibor qaratish tavsiya etilgan.