Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.B. “Al-Beruniy” MFY hududidagi ko‘chma savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 282,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Guliston shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.A.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Sholikor” SIU hududidagi yer maydonida suv nasoslaridan foydalanishda elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 194,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Termiz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.M. “Nurafshon” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 129,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.