Parvozlar 18-iyuldan boshlab haftasiga ikki marta: seshanba va shanba kunlari Toshkentdan Qozonga, shuningdek, dushanba va juma kunlari Qozondan Toshkentga amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Safar vaqti taxminan 3 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Yangi reysning ochilishi O‘zbekiston va Tatariston Respublikasi o‘rtasidagi transport va turizm aloqalarini mustahkamlaydi, shuningdek, yo‘lovchilarga sayohat qilish, xizmat safarlari va qarindoshlarini ziyorat qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Yangi yo‘nalish Toshkent aeroportidan mavjud bo‘lgan xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini to‘ldiradi. Yangi aviatashuvchidan tashqari Toshkentdan Qozonga "Uzbekistan Airways", "Centrum Air", "FlyOne Asia" va "UVT Aero" aviakompaniyalari parvozlarni amalga oshirmoqda.