Bu turdagi hisoblagichlar ayni kunda "Toshkent shahar suv ta’minoti" AJ mijozi bo‘lgan 670 mingta xonadonga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, ayni kunda shahar kengayib, yangi xonadonlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Ushbu yangi xonadonlarga hisoblagich qachon va qay tartibda o‘rnatiladi?

Yangi xonadonlarga iste’molchilar hisobidan aqlli hisoblagichlar o‘rnatiladi.

Ta’kidlash lozim, ayni kunda yangi qurilayotgan uylarga quruvchilar tomonidan eski rusumdagi mexanik hisoblagichlar o‘rnatish holatlari uchramoqda.

Quruvchi mazkur holatni texnik shart va unda hisoblagich bilan bog‘liq band bilan oqlashga harakat qilmoqda.

Aytish lozim, qurilish texnik shartlari ikki yil muddatga beriladi. Ushbu muddatdan o‘tgan texnik shartlar yangilanishi lozim. Hozirgi kunda "Toshkent shahar suv ta’minoti" AJ tomonidan berilayotgan texnik shartlarda xonadonlarga aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi belgilanmoqda.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, xonadon egalari uyni qabul qilish jarayonida suv hisoblagichlarga e’tiborli bo‘lishlari lozim. Bundan buyon yangi hisob raqam olayotgan iste’molchilarning eski rusumdagi hisoblagichlari Jamiyat tomonidan tamg‘alanmasligi va billing tizimiga kiritilmasligini ham eslatib o‘tamiz.