Uchrashuv davomida yo‘l harakatini tashkil etishda xorijiy tajriba va uni poytaxtda joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Hokim o‘rinbosari yo‘l harakatini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan master-reja, tirbandlik va YTHlarning oldini olish, mobil xizmatlarni rivojlantirish, sun’iy intellektni joriy etish hamda BRT yo‘laklarini qurilishi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Talabalarni esa eng dolzarb savollar qiziqtirdi:

— jamoat transportida shaffof to‘lov tizimi

— yo‘lovchilarning to‘lov intizomini oshirish

— yo‘llarda qayrilish joylarini kamaytirilishi

— elektron to‘lov tizimlarining samaradorligi

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv yoshlarning taklif va tashabbuslariga boy bo‘ldi.