Forum ochilishida Antonio Guterresh hamda Emi Poup global migratsiya siyosatiga oid ustuvor yoʻnalishlar haqida fikr bildirdi.

Tadbirda Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Oʻzbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kasbiy va til tayyorgarligi tizimi hamda xalqaro hamkorlik natijalari haqida axborot berdi. U migratsiyani nafaqat iqtisodiy ehtiyoj, balki inson kapitaliga investitsiya sifatida baholash muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, Ugochi Deniels bilan xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar huquqlarini taʼminlash hamda Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro migratsiya forumining tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar doirasida AQShning qator tashkilotlari bilan hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi. Jumladan, Logan University bilan AQSh mehnat bozori uchun tibbiyot xodimlarini tayyorlash va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, Missouri Trucking School vakillari bilan yuk avtomobili haydovchilarini AQSh standartlari asosida oʻqitish va ishga joylashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.

AQSh qishloq xoʻjaligi ish beruvchilari kengashi — NCAE bilan mavsumiy ish dasturlarini kengaytirish va mehnat forumlari tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, Head Honchos Recruiting tashkiloti bilan H-2A vizalarini rasmiylashtirish va qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Ballon Stoll Bader & Nadler, P.C. yuridik firmasi bilan esa O, H-2A, H-2B, H-1B va E vizalari orqali ishlash imkoniyatlari hamda AQShdagi oʻzbekistonliklarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan muloqot oʻtkazildi.