Birinchi xonimlar qirgʻiz xalq amaliy bezak sanʼati ustalarining ijodiy ishlari namoyish etilgan koʻrgazma bilan tanishdilar.
«Salbuurun» milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirgʻiz tayganlari va qoʻlga oʻrgatilgan burgutlarni namoyish etib, qadimiy ovchilik anʼanalari haqida maʼlumot berishdi.
Dastur yakunida «Enesay» qabul uyida oliy martabali mehmonlar eʼtiboriga Qirgʻiziston bolalar musiqa va raqs jamoalarining konserti tomosha qilindi.