Eʼtiborlisi, mazkur xalqaro tadbirni taşkil etişda Markaziy Osiyodan ilk bor Özbekiston hamkor taşkilot sifatida iştirok etadi. Mamlakatimiz nomidan Innovatsion rivojlaniş agentligi hamtaşkilotçi sifatida qatnaşadi.

Tadbir Koreya Respublikasi Milliy tadqiqot jamğarmasi (National Researç Foundation of Korea — NRF Korea) va Özbekiston Innovatsion rivojlaniş agentligi hamkorligida taşkil etilmoqda. Bu haqdagi qaror 2026-yil may oyida Tailandning Bangkok şahrida ötkazilgan GRCning 14-yillik yiğilişi doirasida maʼqullangan.

Mintaqaviy yiğilişda Şarqiy, Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyo, şuningdek, Tinç okeani mintaqasidagi mamlakatlarning milliy ilmiy tadqiqot fondlari rahbarlari, ilmiy grantlar ajratuvçi taşkilotlar vakillari, ilmiy siyosatni şakllantiruvçi muassasalar hamda xalqaro tadqiqot dasturlari ekspertlari iştirok etadi.

GRC qanday xalqaro taşkilot?

2012-yilda Vaşingtonda taşkil etilgan Global tadqiqot kengaşi dunyoning turli mamlakatlarida ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştiruvçi milliy taşkilotlar rahbarlarini birlaştiruvçi xalqaro hamkorlik platformasidir.

Uning asosiy maqsadi ilmiy moliyalaştiriş tizimlari örtasida tajriba almaşiş, tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaşning samarali mexanizmlarini rivojlantiriş va qitʼalararo ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.

Kengaş doirasida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yönalişlari, loyihalarni baholaş mezonlari, moliyalaştiriş samaradorligi, şuningdek, ilmiy natijalarning jamiyat va iqtisodiyotga taʼsirini oşiriş kabi strategik masalalar muhokama qilinadi.

GRCning mintaqaviy yiğilişlari esa turli hududlarning ilmiy ehtiyojlari, ustuvor vazifalari va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun muhim maydon hisoblanadi. Ularda bildirilgan taklif va tavsiyalar keyingi global yiğilişlarning kun tartibi hamda iş yönalişlarini şakllantirişda inobatga olinadi.

Şu maʼnoda, Seuldagi uçraşuv nafaqat mintaqaviy muloqot, balki jahon ilmiy hamjamiyatining kelgusi faoliyatiga daxldor yondaşuvlarni işlab çiqiş jarayonining ham bir qismidir.

Özbekiston uçun qanday imkoniyatlar oçiladi?

Innovatsion rivojlaniş agentligining mazkur jarayonda hamtaşkilotçi sifatida iştirok etişi mamlakatimiz uçun bir neçta muhim imkoniyatni yuzaga keltiradi.

Avvalo, bu Özbekistonning ilmiy diplomatiyasida yangi bosqiçni anglatadi. Mamlakatimiz endi xalqaro ilmiy tadbirlar iştirokçisi sifatidagina emas, balki ularni taşkil etiş va mintaqaviy ilmiy kun tartibini şakllantirişda bevosita qatnaşadigan hamkor sifatida ham namoyon bölmoqda.

Ikkinçidan, jahonning yetakçi ilmiy moliyalaştiriş taşkilotlari bilan töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş uçun yangi maydon paydo böladi. Bu kelgusida qöşma ilmiy tanlovlar, xalqaro grant dasturlari, tadqiqot konsorsiumlari va köp tomonlama moliyalaştiriş mexanizmlarini yölga qöyişga xizmat qilişi mumkin.

Ayniqsa, ilmiy loyihalarni baholaş, moliyalaştiriş samaradorligini oşiriş, xalqaro ekspertlar iştirokini kengaytiriş va tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etiş böyiça ilğor tajribalarni örganiş milliy ilmiy tizim uçun muhim ahamiyatga ega.

Uçinçidan, hamkorlik Özbekistonning Markaziy Osiyodagi ilmiy jarayonlardagi iştirokini kuçaytirişga xizmat qiladi. Mintaqada şakllanayotgan ilmiy salohiyat, tadqiqot infratuzilmasi va yangi texnologik işlanmalarni xalqaro hamjamiyatga kengroq tanitiş uçun qöşimça imkoniyatlar oçiladi.

Eng muhimi — özbek olimlari uçun yangi imkoniyatlar

Xalqaro ilmiy hamkorlikning yakuniy samarasi faqat taşkilotlar örtasidagi kelişuvlar bilan emas, balki olimlar va tadqiqotçilar uçun yaratiladigan imkoniyatlar bilan ham belgilanadi.

GRC doirasidagi aloqalar orqali özbek olimlari xorijiy tadqiqot markazlari va ilmiy fondlar bilan hamkorlikni rivojlantirişi, xalqaro tadqiqot konsorsiumlariga qöşilişi, öz ilmiy işlanmalarini jahon maydonida taqdim etişi uçun yangi imkoniyatlarga ega bölişi mumkin.

Bundan taşqari, ilmiy natijalarni baholaşda sifat, ilmiy taʼsir va amaliy ahamiyatga ustuvorlik beriş, oçiq ilm-fan tamoyillarini kengaytiriş hamda tadqiqotlarda xalqaro standartlarni qöllaş borasidagi tajribalar milliy ilm-fan rivojiga ijobiy taʼsir körsatişi mumkin.

Bu, ayniqsa, xalqaro ilmiy maydonga kirib kelayotgan yoş olimlar, yangi ilmiy maktablar va tadqiqot guruhlari uçun muhimdir. Zero, bugungi ilm-fanda tadqiqotçining salohiyati bilan bir qatorda uning xalqaro ilmiy tarmoqlarga integratsiyalaşuvi ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

Hamkorlik qanday boşlangan edi?

Özbekistonning GRC doirasidagi iştiroki Seuldagi mintaqaviy yiğiliş bilan boşlangani yöq.

2026-yil may oyida Bangkok şahrida ötkazilgan kengaşning 14-yillik yiğilişida Innovatsion rivojlaniş agentligi vakili «Researç for Sustainable Communities» mavzusidagi muhokama sessiyasiga moderatorlik qildi.

Unda turli mamlakatlar vakillari ilm-fan va innovatsiyalarning ijtimoiy, ekologik hamda texnologik muammolarni hal etişdagi örni, sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş va oçiq ilm-fan tamoyillarini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.

Aynan şu yiğiliş yakunida Özbekiston Innovatsion rivojlaniş agentligining Seuldagi mintaqaviy tadbirni taşkil etişda hamkor taşkilot sifatida iştirok etişi maʼqullangan edi.

Şuningdek, 2026-yil oktyabr oyida Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari davomida NRF Korea Xalqaro aloqalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi direktori Hyesoo Kim bilan uçraşuv ötkazildi. Unda tadbir dasturi, işçi guruhlar sessiyalari, maʼruzaçilar va moderatorlar iştiroki, taşkiliy hamda texnik masalalar muhokama qilindi.

Bu hamkorlikning deklarativ bayonotlar bilan çeklanib qolmayotgani, balki aniq taşkiliy işlar va amaliy muloqotlar orqali rivojlanayotganini körsatadi.

Xalqaro eʼtirof — yangi masʼuliyat

Şubhasiz, Özbekistonning GRC Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy yiğilişida hamtaşkilotçi sifatida iştirok etişi mamlakatimiz ilm-fani uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.

Biroq xalqaro maydonda eʼtirof etilişning özi yakuniy maqsad emas. Asosiy vazifa — bunday imkoniyatlarni milliy ilm-fan manfaatlariga yönaltiriş, olimlar uçun yangi hamkorlik kanallarini oçiş, ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştiriş sifatini oşiriş va milliy ilmiy işlanmalarning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoşligini mustahkamlaşdir.

Agar Seuldagi muloqotlar aniq qöşma loyihalar, grant dasturlari va ilmiy hamkorlik taşabbuslariga aylansa, buning samarasi nafaqat ilmiy muassasalar, balki butun mamlakatning innovatsion taraqqiyotida ham namoyon böladi.