Davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabriklab, parlamentning yangi tarkibiga samarali faoliyat tiladi.
Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yigʻilishlari hamda Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlarini natijador qilib oʻtkazish muhimligi qayd etildi.
Tomonlar boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.