Davlatimiz rahbari va rafiqasini Iordaniya Podshohi va Malikasi samimiy qarshi oldilar.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolarini qutladilar.

Davlatlar madhiyasi yangradi. Birgalikda suratga tushildi.

Tadbirda Iordaniya hukmron oilasi aʼzolari va yuqori martabali davlat arboblari ham ishtirok etdi.