Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yosh dzyudochilar musobaqa davomida 13 ta oltin, 9 ta kumush va 17 ta bronza medalni qoʻlga kiritishdi.
Ushbu natija Oʻzbekiston jamoasiga medallar jamgʻarish boʻyicha peshqadamlilikni taʼminladi.
Endilikda musobaqada yoshlar toifasidagi bahslar start oladi.