Olimpiadaning tantanali taqdirlaş marosimida Taʼlim va fan vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Fan olimpiadalari markazi vakillari, şuningdek, iştirokçi öquvçilar qatnaşdi.
Olimpiadada oltin medalni quyidagi öquvçilar qölga kiritdi:
- Ergaşboyeva Zulayho;
- Abdulmahmudova Şodiyona;
- Riskulov Fozilbek;
- Mustafoyev Jasur.
Kumuş medal sohiblari:
- Şeripboyeva Bonu;
- Abduhakimova Musliha;
- Abdurahimov Abduazim;
- Tölqinov Şuhrat;
- Xolmaxmatova Nozima;
- Xafizov Azizmuhammad.
Bronza medallariga esa quyidagi öquvçilar sazovor böldi:
- Sulaymonova Gumisay;
- Kenesbayeva Ayzada;
- Baxodirov Islombek;
- Sadullayeva Gulasal;
- Axmadjonova Lazizaxon;
- Ahmadjonova Sarvinoz.
Maʼlum qilinişiça, xalqaro va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida ğolib bölgan öquvçilar hamda ularning ustozlari uçun bir martalik pul mukofotlari belgilangan.
Jumladan:
- oltin medal sohibi 12 BHM (5 mln 280 ming söm), uning öqituvçisi 50 BHM (22 mln söm);
- kumuş medal sohibi 8 BHM (3 mln 520 ming söm), öqituvçisi 35 BHM (15 mln 400 ming söm);
- bronza medal sohibi 6 BHM (2 mln 640 ming söm), öqituvçisi 30 BHM (13 mln 200 ming söm) miqdorida mukofot oladi.
Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ğoliblari oliy taʼlim muassasalariga kirişda tegişli fan böyiça maksimal ballga ega böladi. Ularning ustozlariga esa bevosita oliy malaka toifasi beriladi.
Qayd etiş joizki, ARBIÇO 2026 olimpiadasida turli mamlakatlardan kelgan iqtidorli yoşlar iştirok etdi. Özbekiston terma jamoasining 16 ta medal bilan qaytişi mamlakatimiz öquvçilarining xalqaro fan musobaqalaridagi natijalarini yana bir bor namoyon etdi.