90 dan ortiq davlat yoshları ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston vakillari 1 ta kumush, 3 ta bronza medali va 1 ta Honorable Mention mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan Jahonali Xaydaraliv kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jahongirshoh Avazxonov, Timur Qodirbergenov va Ulug‘bek Rahmatullaev bronza medallari bilan taqdirlandi. Sardorbek Salimov esa Honorable Mention mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur natija yoshlarning informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi salohiyatini namoyon etib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning ushbu yutug‘i kelgusida mamlakatimizda informatika va IT sohasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.