2026-yil 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Vanuatu Respublikalariga oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommyunike imzolandi.
Bu haqida «Dunyo» AA xabar bermoqda.
Ikki davlat hukumatlari nomidan mazkur hujjatni Oʻzbekistonning BMT huzuridagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Vanuatuning BMT huzuridagi missiyasi rahbari Odo Tevi imzoladi.
Suhbat davomida mamlakatlar oʻrtasida xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari doirasida yaqin hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.
Mazkur hujjatning imzolanilishi Oʻzbekistonning Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan diplomatik hamkorligini kengaytirish yoʻlidagi navbatdagi qadam boʻldi.