Mazkur tizim orqali davlat xizmatlari “byurokratiya xavfi” asosida avtomatik baholanadi hamda qoniqarsiz xizmatlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, byurokratik rasmiyatchiliklarni qisqartirishga qaratilgan “Jarayonlarni tezlashtirish qumdoni” mexanizmini joriy etish ham taklif qilindi.
Unga ko‘ra, davlat xizmatlarini soddalashtirish maqsadida ayrim bosqichlarni vaqtinchalik qo‘llamaslik, muddatlarni qisqartirish, muqobil usullarni joriy etish hamda xususiy sektorni keng jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, axborot tizimlarini “bir darcha” tamoyili asosida integratsiya qilish va dasturiy ta’minotni “fast track” usulida ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Muammoni tezkor hal etish maqsadida “100 kunda natija” tamoyili asosida vazirlik va idoralarda davlat xizmatlarini soddalashtirish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.