Loyiha Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotnи rivojlantirish agentligi hamda chiqindilarni avtomatik yig‘ish va saralash texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi Norvegiyaning TOMRA kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Pilot loyiha doirasida aholіdan plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini alohida yig‘ish va qayta ishlashga topshirishni rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.
Endilikda aholi saralangan ichimlik idishlarini maxsus fandormatlargа topshirib, har bir idish uchun 150 so‘m miqdorida rag‘bat olishi mumkin.
Qurilmadan foydalangan fuqaro ikki variantdan birini tanlaydi. Birinchi holatda qabul qilingan har bir idish uchun 150 so‘m to‘lanadi va mablag‘ Click elektron hamyoniga o‘tkaziladi.
Ikkinchi variantda esa fuqaro to‘lovni xayriyaga yo‘naltirishi mumkin. Bunda yig‘ilgan idishlarni sotishdan tushgan mablag‘lar xayriya maqsadlari hamda daraxt ekish tashabbuslariga sarflanadi.
Fandormatlar ichimlik idishlarini boshqa maishiy chiqindilarga aralashtirmasdan alohida yig‘ish va ularni qayta ishlash imkonini beradi. Saralangan materiallardan ikkilamchi xomashyo olinib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda qayta foydalanish mumkin.
Bu tabiiy resurslardan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, chiqindilarning ko‘chalar, suv havzalari va poligonlarga tushishini qisqartirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Loyihadan chiqindilarni saralashni kundalik odatga aylantirish va aholining ekologik madaniyatini oshirish ham maqsad qilingan. Tashabbus orqali foydalanilgan ichimlik idishining oddiy chiqindi emas, balki qayta ishlanadigan va iqtisodiy qiymatga ega resurs ekanini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Pilot loyiha o‘zini oqlasa, kelgusida fandormatlarni respublikadagi aholi gavjum joylarga bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan.