Bu böyiça 25-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Umid Abidhadjayev, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Global yaşil ösiş instituti (GGGI) vakillari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda tegişli hujjatlar imzolandi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, mablağlar KOICAning texnik kömagi doirasida GGGI bilan hamkorlikda «Özbekiston tomonidan Parij bitimini amalga oşirişga kömaklaşiş va 6-moddaga muvofiq Koreya Respublikasi bilan birgalikdagi harakatlarni qöllab-quvvatlaş» loyihasiga yönaltiriladi.
Loyiha doirasida Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida uglerod birliklari savdosini yölga qöyiş böyiça tartib-qoidalar, qöllanmalar hamda qöşma harakatlar rejasi işlab çiqiladi.
Şuningdek, uglerod loyihalarini tayyorlaş va boşqariş böyiça mutaxassislarni öqitişga ixtisoslaşgan maxsus öquv markazi taşkil etiladi. Markaz zarur jihozlar bilan taʼminlanib, öquv dasturlari yölga qöyiladi.
Grant mablağlarining yana bir qismi qişloq xöjaligi, energetika va suv resurslari sohalarida issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga qaratilgan pilot loyihalarni amalga oşirişga sarflanadi.
Qayd etilişiça, mazkur taşabbus Özbekistonning xalqaro uglerod bozorida iştirok etiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mamlakatning iqlim sohasidagi maqsadlariga erişişiga xizmat qilişi kutilmoqda.
Maʼlumot uçun, 2025-yilda KOICA moliyaviy kömagida GGGI tomonidan Orolböyini «yaşil» tiklaşga qaratilgan investitsiya loyihasi amalga oşirilgan. U Qoraqalpoğistonda iqlimga moslaşuvçan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va «yaşil» investitsiyalarni jalb qilişga qaratilgan.