Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Halokov (-60 kg) Osiyo oʻyinlarida ikkinchi bor chempionlikka erishdi.

Hal qiluvchi bahsda janubiy koreyalik Kan Dongxvanga qarshi ringga koʻtarilgan hamyurtimiz raqibidan ustun kelib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Muzaffarbek Toʻraboyev ham ikki karra Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.

U +100 kg vazn toifasidagi final bahsida mezbon mamlakat sportchisini magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.