Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi va urbanizatsiya jarayonlari ta’sirida dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan kuchli issiq to‘lqinlari jamoat salomatligi uchun tobora katta xavf tug‘dirmoqda. Bu esa kasallanish va o‘lim holatlarining ko‘payishiga olib kelmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yil davomida Yevropa mintaqasida jazirama oqibatida 200 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Italiya, Ispaniya, Germaniya va Gretsiyada kuzatilgan.

Yangilangan tavsiyalarda anomal issiq haqida barvaqt ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, aholi xavf guruhlarini o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, shaharlarda yashil hududlar va suv obyektlarini ko‘paytirish kabi chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

JSST, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan fuqarolar hamda surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga issiq havo sharoitida o‘z salomatligiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etgan.