Soğliqni saqlaş vazirligining xabar berişiça, vazir Eldor Adilov iştirokida ötkazilgan tanqidiy-tahliliy yiğilişda tibbiyot muassasalarining qiş mavsumiga tayyorgarligi muhokama qilingan. Unda mavjud kamçiliklar ham tanqidiy körib çiqilgan.
Vazirlik maʼlumotlariga köra, bugun mamlakatda 3 600 dan ziyod davlat tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda. Mavsumga tayyorgarlik doirasida 56,9 ming tonna kömir zaxira qilingan. Maʼnan eskirgan 156 ta isitiş qozonini almaştiriş va taʼmirlaş işlari töliq yakunlangan.
Biroq örganişlar davomida ayrim hududlarda kamçiliklar aniqlangan. Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Farğona viloyatidagi ayrim tibbiyot muassasalarida taʼmirlaş işlari belgilangan muddatda tugallanmagan.
Vazirlik qayd etişiça, Kökdala, Yakkaboğ, Bandixon, Bekobod va Böka tumanlaridagi ayrim oilaviy poliklinika hamda oilaviy şifokor punktlarida kömir zaxiralari oçiq havoda saqlanmoqda. Şahrixon tumanidagi 66-oilaviy poliklinikada esa isitiş tizimi hanuz işga tuşirilmagan.
Bundan taşqari, bir qator tibbiyot obyektlari markazlaşgan issiqlik taʼminoti tizimiga ulanmagan. Jumladan, Jizzax viloyatida 6 ta, Qaşqadaryo va Xorazmda 3 tadan, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida 2 tadan, Andijon, Samarqand va Farğona viloyatlarida esa bittadan obyekt şunday muammoga ega.
Şuningdek, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Farğona, Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatlaridagi 15 ta soğliqni saqlaş obyekti qozonxonalarida sanoat xavfsizligi talablari buzilgan. Ayrim muassasalarda qölbola qozonlardan foydalanilayotgani ham aniqlangan.
Yiğilişda vazir barça tibbiyot muassasalarida issiqlik va elektr taʼminoti uzluksizligini taʼminlaş zarurligini taʼkidlagan. Masʼullarga qozonxonalarning texnik sozligini taʼminlaş, generatorlarni doimiy şay holatda saqlaş, muqobil energiya manbalaridan foydalaniş va yetarli yoqilği zaxirasini şakllantiriş böyiça topşiriqlar berilgan.
Vazirlikning maʼlum qilişiça, kamçiliklarga yöl qöygan ayrim rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanilgan.
Yiğilişda «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi işlar ham muhokama qilingan. Joriy yil kuz mavsumida soğliqni saqlaş obyektlari va ularga tutaş hududlarda 836,1 ming tup köçat ekiş belgilangan bölsa-da, bu vazifa hali töliq bajarilmagan. Ayniqsa, Namangan, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridagi işlar sustligi tanqid qilingan.
Yakunda mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş va qiş mavsumiga tayyorgarlikni töliq yakunlaş böyiça masʼullarga topşiriqlar berilgan.