Uchrashuvda uyushma rahbari Namangan shahrida Hunarmandlar xiyoboni barpo etilishi rejalashtirilayotgani, unda yangi savdo rastalari tashkil etilishini aytib o'tdi. Muloqot chog'ida hunarmandlar xiyobonida mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun mahorat darslari ham o'tkazilishi, savdo rastalarida hunarmandlar uchun qulayliklar va, bir so'z bilan aytganda, maskan turizmning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shishi kerakli haqida ham so'z yuritildi.
SHundan so'ng, "Hunarmand" uyushmasi raisi Ulug'bek Abdullaev Namangan shahrida hunarmandchilikning kashtachilik yo'nalishida faoliyat yuritayotgan usta hunarmand Hakimjon Tojiboevning uyiga bordi va uning faoliyati bilan tanishdi. Uyushma rahbari hunarmandga mahsulotlarning eksporti borasida tavsiyalar berdi.
Uyushma raisi Ulug'bek Abdullaev Uychi tumanida yashab hunarmandchilikning milliy liboslar yo'nalishida faoliyat olib borayotgan 2- guruh nogironi hunarmand Noila erkinova faoliyati bilan ham tanishdi. Uning muammolaridan boxabar bo'lgach, hunarmand Noila erkinovaga Respublika "Hunarmand" uyushmasi tomonidan tikuv mashinasi hamda viloyat boshqarmasi tomonidan dazmol olib berilishini ma'lum qildi.
Bundan tashqari, Namangan viloyati Norin tumanidagi Hunarmandlar markazida ham hunarmandlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat jarayonida kredit olish va hunarmanlarga xom ashyoni etkazib berish jarayonida ham muammolar borligi aniqlandi. Uyushma raisi mazkur muammolar tijorat banklari va mutasaddi tashkilotlar ko'magida hal qilib berilishini ta'kidladi.
Nilufar HOTAMOVA,
O'zbekiston respublikasi “Hunarmand”
uyushmasi Axborot xizmati rahbari