Forum  doirasida raqs, milliy  ansambllar,  musiqiy  ijod  va  an'anaviy san'at ustalarini, qishloq xo'jaligi mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmasi o'tkazilmoqda.

Hunarmandchilik ko'rgazmasida 3 nafar hunarmandlarimiz hamda "Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHj ishtirok etmoqda. 

Ko'rgazmada milliy liboslar yo'nalishida buxorolik hunarmandlar Madina  Rajabova, “Miniatyura, rang tasvir, naqqoshlik va bo'yoqli naqshlar” hamda xatotlik yo'nalishida Sattorova Sayidabonu, navoiylik hunarmand  kashtachilik yo'nalishida  Feruza Qulmatova hamda "Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHj misgarlik, yog'och o'ymakorligi, kulolchilik va boshqa hunarmandchilik yo'nalishlarida jami  500 turdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.