Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, miniatyurachi rassom Bexzod Xadjimetov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari va yosh miniatyurachi rassomlarning “Sharq nafis sanʼati yoshlar nigohida – IV” nomli koʻrgazmasi ochildi.
“Sharq nafis sanʼati yoshlar nigohida – IV” nomli koʻrgazmani tashkil etish gʻoyasi rassom Bexzod Xadjimetov tomonidan ilgari surilgan boʻlib, ilk koʻrgazma 2017-yilda tashkil etilgan. Ananaga aylangan ushbu koʻrgazmada miniatyurachi rassom Behzod Xadjimetov va yosh miniatyurachi rassomlar oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
Koʻrgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn
instituti yosh oʻqituvchilari, oliygoh bitiruvchilari va talabalari ijod namunalari namoyish etildi. Koʻrgazmada ijodkorlarning butun mahorati sezilib turgan oʻziga xos kayfiyat hukmron boʻlgan 60 dan ortiq asarlar namoyish etildi. Namoyish etilgan asarlarda Isfaxon, Tabriz, Xirot, Hind miniatyura maktablaridan nusxalar, anʼanaviy, zamonaviy miniatyuralar, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qaxxor asarlariga bagʻishlangan illyustratsiyalar oʻrin olgan. Shuningdek, koʻrgazmada tarixiy shaxslar, hunarmandchilik, maʼnaviy va madaniy hayot hamda turmush tarzimiz aks ettirilgan asarlar ham oʻrin olgan.
Hasan Abdunazarov,
Tarix fanlari nomzodi, dotsent