13 oilaviy MTT jajjilarga bagʻrini ochdi

    Ayni vaqtda mazkur MTTlarda 29 xotin-qizning bandligi taʼminlangan.

    Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni MTTlarga toʻliq qamrab olish jarayoni chekka tumanlarda ham rejali davom etmoqda.

    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi “Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati Shovot tumanida 105 tadbirkor bilan shartnoma imzolangandi. Shu yilning oʻzida 1675 oʻringa moʻljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati boshlash uchun 67 tadbirkorga tuman hokimligi tomonidan ruxsat berildi.

    Mazkur oilaviy MTTlar tadbirkorlar mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan tashkil qilinayapti.

    Yangi oʻquv yili doirasida tumanda 13 ana shunday taʼlim-tarbiya maskani bolalarni qabul qildi. Bu oilaviy MTTlarda 195 oʻgʻil-qiz taʼlim-tarbiya olishni boshladi.

    Roʻzimboy HASAN,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri