Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan Yangiqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.M., M.X. va boshqalar dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, “Toza hudud” DUK Yangiqoʻrgʻon filiali haydovchisi R.A.ni haq evaziga yollashib, xorijda ishlab chiqarilgan 89 600 dona 194 mln soʻmlik “Ampitsillin” nomli dori vositasini DUKga qarashli “Isuzu” rusumli avtotransport vositasida Namangan shahriga olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.