Bosh prokuratura huzuridagi Departamentva DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.A.firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro B.R.ning ishonchiga kirib, Andijon shahridagi “Bogʻi Eram” MFY hududidan 0,04 ga boʻsh turgan yer maydonini uning nomiga turar joyga egalik qilish huquqi boʻyicha kadastr hujjatlarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln.soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi1-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.