2022-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 23 ming km dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurildi

    Dunyo reytingida O‘zbekiston mobil internet  arzonligi bo‘yicha 21-o‘rinni, keng polosali simli internet arzonligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi.

    Qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro reytinglarda o‘z aksini ko‘rsatyapti. Speedtest Global Index reytingi natijalarida O‘zbekiston simli Internet resurslarining yuklanish tezligi bo‘yicha – 40,16 Mbit/sek tezlik bilan 182 ta davlat ichida Armaniston, qo‘shni Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlarini ortda qoldirib 86-o‘rinni egalladi.

    Britaniyaning Cable.co.uk portali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo reytingida O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha 21-o‘rinni, keng polosali simli internet arzonligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi.

    BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2021-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali mobil internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy oldi.

    Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbektelekom" AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi.