Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro Sh.ga goʻyoki oʻzini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga “Ali” ismli tanishi orqali oʻqishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, jami 29 nafar abituriyentni oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 83 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.