Bu haqda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “III Toshkent xalqaro investitsiya forumi” doirasida Transport vaziri Ilhom Maxkamov Saudiya Arabistonining “Vision Invest” kompaniyasi rahbari Omar al-Midani bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda transport infratuzilma loyihalarini DXSH asosida amalga oshirish va ushbu yoʻnalishdagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Kompaniya Andijon xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, oʻz mablagʻi hisobidan rekonstruksiya qilish va uni kelajakda zamon talablari asosida boshqarish istagini bildirdi.
Muzokaralar natijasiga koʻra, investor olti oygacha boʻlgan davrda oʻrganishlar oʻtkazishi hamda loyiha takliflarini tayyorlashi boʻyicha dastlabki Kelishuv imzolandi.