Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tarkibidagi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasining dengiz sathidan 1500-1700 metr balandlikdagi Teraklisoy hududida anomal ob-havo taʼsirida yongʻin chiqqan. Bu haqda shu atrofda xizmat oʻtayotgan qoʻriqxona inspektorlari 2021-yil 5-iyul kuni oʻzlarida mavjud aloqa vositalari orqali xabar berishdi.
Yongʻin hududi kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay oʻchirish, qolaversa, yurish va harakatlanish qiyin boʻlgan togʻning yuqori qismida oʻt chiqishining sabablarini aniqlash maqsadida shu kunning oʻzida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan qoʻshma tadbir oʻtkazildi.
Qariyb bir gektarni egallagan yongʻinda asosan qurigan oʻt-oʻlanlar yongan, koʻp yillik daraxtlarga zarar yetishining oldi olingan. 2021-yilning 6-iyul holatiga yongʻin toʻliq oʻchirilib, qoʻshma tadbirda qatnashganlar orasida jarohatlanish qayd etilmadi, deb xabar beradi Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati