Tanlovda Belarus, Janubiy Koreya, Eron, Ozarbayjon, Rossiya yosh ijodkorlari qatorida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati oʻquvchilari ham ishtirok etdi.
Tanlovning amaliy bezak sanʼati va tasviriy sanʼat nominatsiyasida RISMIning rassomlik boʻlimi grafik rassomi yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislik oʻqituvchisi G.Singalova saboq berayotgan 9-sinf oʻquvchilari – M.Tillayeva Gran-priga munosib topildi, S.Raxmatova, N.Mirxamidova, M. Gʻayratova 1-oʻrinni egallashdi.
RISMI musiqa boʻlimining fortepiano ijrochiligi boʻyicha 2-sinf oʻquvchisi D. Gafurova, 3-sinf oʻquvchilari O.Abdusaidova, T.Isayeva va 4-sinf oʻquvchisi X.Mamatraximova 1-oʻrin laureatlik diplomini qoʻlga kiritishdi.
Oʻquvchilarimizning texnik mahorati, uslubi, asarlarida milliy anaʼnalarimizni yorqin rangda mazmunan yoritib bera olgani tanlov hayʼati aʼzolari eʼtirofiga sazovor boʻldi