Namangan viloyati Namangan tumanida yashovchi, talaba E.J. ariza bilan murojaat qilib, “olx .uz” platformasida “Arzon xonadon ijarasi” nomli eʼlon bergan shaxs bilan telegram messenjeri orqali bogʻlanib, ijaraga beriladigan xonadon uchun oldindan 550.000 soʻm pullarni nomaʼlum shaxsning bank kartasiga oʻtkazib berganligi, shundan soʻng ushbu foydalanuvchi telefon raqami va messenjerdagi yozishmalarni oʻchirib tashlaganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirgan shaxs Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 2002-y.t., A.A. ekanligi aniqlangan.
A.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.