Qarorga ko‘ra, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan, yerdan 1,3 metr balandlikdagi va tana diametri 15 santimetrgacha bo‘lgan daraxtlar hamda tana ildiz bo‘g‘zi diametri 10 santimetrgacha bo‘lgan butalar ruxsatnoma asosida ko‘chirib o‘tkaziladi.

Daraxt va butalarni sanitar maqsadida kesish, shakl berish hamda ularning ruxsat etilgan o‘lchamdagilarini ko‘chirib o‘tkazish ishlari yaproq va igna bargli turlar uchun kuz mavsumida – o‘simliklarning vegetatsiya davri yakunlangandan boshlab bahor mavsumining 1-apreliga qadar amalga oshiriladi.

Daraxt va butalar ularning ildiz tuprog‘ini saqlagan holda ko‘chirib o‘tkaziladi.

Daraxt va butalarni ko‘chirib o‘tkazish uchun ruxsatnomalar har bir ko‘chirilgan daraxt va butani 3 yil davomida parvarish qilish sharti bilan beriladi.