“Baday toʻqay” biosfera rezervati YUNESKOning jahon tarmogʻiga kirdi

    YUNESKO tomonidan “Baday toʻqay” nomi bilan tanilgan quyi Amudaryo biosfera rezervatini YUNESKOning jahon tarmogʻiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

    Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimov maʼlum qildi.

    Qayd etish lozimki, hozir mamlakatimizda YUNESKOning ikkita tabiiy obyekti — Chotqol va Amudaryo zaxiralari mavjud. Maʼlumotlarga koʻra, quyi Amudaryo biosfera rezervati oʻzining boy fauna va flora dunyosi bilan Oʻzbekiston tabiatida muhim ahamiyatga ega.