Hududlar sharafini final bosqichida himoya qiladigan jamoalar bir nuqtaga jamlandi.

Tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari va Buxoro davlat universiteti rektori respublika bosqichiga yetib kelgan barcha OTM jamoalarini  muborakbod etib, ularga omad tiladi.

Olimpiada doirasida Buxoro davlat universitetiga jami 576 nafar qatnashchi kutib olindi. Ulardan 490 nafari talaba-yoshlardir.

Musobaqa 3–4 noyabr kunlari sportning voleybol, mini-futbol, yengil atletika, stritbol va stol tennisi turlari bo'yicha o'tkaziladi. Taqdirlash marosimi esa 5 noyabr kuniga rejalashtirilgan.