Ko'pchilik allaqachon telefonini qulfdan chiqarish va bank hisobini boshqarish uchun biometrik autentifikatsiyadan foydalanmoqda.
Hozirgi kunda eng xavfsiz usullardan biri bo'lgani biometrik autentifikatsiyaning bir qancha kamchiliklar ham mavjud:
— Yuzni aniqlash funksiyasi orqali qurilma kamerasi doimiy faol holatda bo'ladi va bu orqali foydalanuvchi harakatlari kuzatilishi mumkin;
— Qurilmani ishlab chiqaruvchi kompaniya orqali foydalanuvchi ruxsatisiz uning portreti shakllantirilishi va unga yo'naltirilgan reklama roliklari taqdim etilishi mumkin;
— Biometrik ma'lumotlaringiz kiberjinoyatchilar tomonidan buzilgan bo'lsa, barmoq izlarini tiklash yoki yangi yaratish imkoniyati yo'qligi;
— Biometrik ma'lumotlaringiz kiberjinoyatchilar tomonidan qo'lga kiritilgan hollarda barcha xafsizlik to'siqlaridan o'ta olish imkoniyati mavjudligi.
Bularning barchasi siz foydalanayotgan qurilmaning xavfsizligiga ham bog'liq.