Tahlilchi Mark Gurman Bloombergdagi sahifasida yozganidek, yangi versiya iPhone 13dan A15 protsessorini oladi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, kompaniya M1 Pro va M1 Max chiplariga ega 27 dyumli iMac va Mac mini protsessorini ham taqdim etadi.
O'tgan yil oxirida Apple kompaniyasi 2022-yilda smartfon va komp`yuterlar uchun yangi platformalarni namoyish etishi haqida xabar berilgan edi. Jumladan, A16 Bionic chipi iPhone 14 uchun asos bo'ladi, deyiladi AiF bergan xabarda.