Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berilishicha, kuni kecha Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Boʻstonliq tumanidagi “Kichik Oqsoy” togʻiga sayr qilish maqsadida borgan 4 nafar fuqaro yoʻldan adashib qolganligi va ularga yordam zarurligi toʻgʻrisida xabar tushgan.
Qayd etilishicha, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Shuningdek, olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida yoʻldan adashgan fuqarolar “Kichik Oqsoy” togʻining, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ekanliklari aniqlanib, sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq.