YAngi o'quv yilidan Kogon shahridagi 17- va Jondor tumanidagi 49-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi hamda Olot tumanidagi 31- va Peshku tumanidagi 31-umumiy o'rta ta'lim maktablari negizida matematika fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat boshlaydi.
Ushbu maktablar tuman va shahar hokimlari tomonidan otaliqqa olingan bo'lib, ayni paytda ularni yangi o'quv yiliga tayyorlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar bilan ta'minlash borasida qizg'in ish olib borilyapti.
Ayni paytda Jondor tumanidagi 49-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi negizida tashkil etilayotgan matematika fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda mukammal ta'mirlash ishlari yakunlanish arafasida. endilikda ilm maskani tamoman zamonaviy ko'rinish va qulay shart-sharoitlarga ega bo'ladi. Keng va shinam sinf xonalari, fan kabinetlari hamda laboratoriya xonalari barcha zaruriy jihozlar bilan ta'minlanadi.
YAngi o'quv yilida mazkur ilm maskanida matematikaga ixtisoslashtirilgan 2 ta sinfda 60 nafar o'quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlangan.
-Axborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi bilan kelishilgan holda maktabda IT-park filiali ham joylashtiriladigan bo'ldi, -deydi ilm maskani direktori Vali Sulaymonov. – Buning uchun uchta xona ajratilib, jihozlash ishlari olib borilmoqda. IT-parkda optik tolali kabellar tortilib, yuqori tezlikdagi internet tarmog'i bilan ishlash imkoniyatining yaratiladi.
O'tgan o'quv yilidan Olot iqtisodiyot kolleji binosida faoliyat yuritayotgan 17-umumta'lim maktabi negizida tashkil etilgan matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab to'liq ta'mirlangan va moddiy texnik bazasi shakllantirilgan.
YAngi o'quv yilida maktab matematikaga ixtisoslashtirilgan 1 ta sinfda 30 nafar o'quvchi qabul qilishni rejalashtirgan. SHu kunga qadar hujjat topshirgan o'quvchilar soni 65 nafarni tashkil etadi. Ixtisoslashtirilgan sinfga o'quvchilar test sinovlari asosida qabul qilinadilar, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.