Toshkent viloyati prokuraturasi hamda Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumanida ekologik nazorat tadbirlari o'tkazildi. 

Tadbir davomida tumanning Fayzobod mahallasi hududida 3 tup o'sib turgan chinor daraxtlari kesilganligi aniqlandi.  Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22 avgustdagi “Davlat o'rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi 464-sonli qaroriga asosan, tabiatga etkazilgan zarar hisob-kitob qilinganda, 148 million 793 ming 500 so'mni tashkil qildi.

 Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo'zg'atib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.