Oliy sud matbuot xizmati axborotiga koʻra, sudlanuvchilar Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshligʻi lavozimida ishlagan N. Ovlayev Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish), 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayri insoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) va 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) da;

Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan A. Janqabilov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;

Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Sh. Raxmonov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi, 235-moddasi va 241-1-moddasida;

Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan A. Tojinorov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;

Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan B. Gʻayratov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 241-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Ushbu jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi K. Tolliboyev raisligida hamda sudyalar E. Ergashev va R. Orziqulovdan iborat sud tarkibida koʻrilmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda.