2020–2023-yillarda u Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. Dilshod Axatov 51 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, boshqarma va Bosh boshqarma boshligʻi, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarigacha boʻlgan bosqichlarni bosib oʻtgan. 2010-2013-yillarda Germaniya elchi hamda Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada oʻrindoshlik asosida elchi boʻlgan.
Dilshod Axatov 2017-2023 yillarda Berlindagi elchi lavozimida ishlagan Nabijon Qosimov o'rnini egalladi.