1999 yilda Germaniyada topilgan, diametri 30 santimetr bo'lgan bu bronza disk akvamarin rangli patina bilan qoplangan. Oltin bilan jilo berilgan quyosh, oy va 32 yulduz tasviri aks etgan samoviy disk XX asrning noyob shov-shuvli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.
YUNESKO ma'lumotiga ko'ra, bu asar Umumjahon merosi ro'yxatiga kiradi. Disk insoniyatning osmon haqidagi dastlabki bilimlari haqida o'ziga xos nuqtai nazar beradi.
Nebra samoviy disklari Germaniyaning Gale shahridagi davlat muzeyiga tegishli, lekin hozir Britaniya muzeyiga ijaraga berilgan, bu artefakt 15 yil ichida birinchi marta chet elga olib chiqildi.
Britaniya muzeyining ma'lum qilishicha, u fevral oyida ochiladigan Stounxenjga bag'ishlangan ko'rgazma doirasida namoyish etiladi.