Bu haqda vazirlik telegram kanalida maʼlum qilindi.

Mazkur aloqa liniyasi orqali malakali mutaxassislardan Toshkent shahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da “Elektron retsept” tizimi amaliyoti boʻyicha yuzaga kelgan savollar va murojaatlarga tunu kun javob olish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, poytaxtimiz va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da dori vositalarining elektron retsept asosida berilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.