— Eronning shimoli-g'arbida Temuriylar davrining ko'plab madaniy meros obidalari mavjud. Amir Temur eronga tashrifi davomida Mashhad provintsiyasidagi Toyinobod shahrida shayx Abu Bakr Zayn-ul Obiddin Toyyibiniy bilan uchrashgan va u bilan do'stlashib qolgan. Uzoq yillar davomida u bilan yozishib turgan. Ushbu do'stlik hurmati Amir Temurning o'g'li SHohrux Mirzo Toyinobod shahrida ajoyib masjid qurdiradi. Masjid bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va ko'plab allomalarimizning do'stona munosabatlarini o'zida muhrlagan. Shunisi diqqatga sazovorki, ko'p hukmdorlar va taniqli arboblar bu masjidga kelib, namoz o'qishni o'zlari uchun sharaf deb bilishgan. Masjidning devorida yuqori martabali mehmonlar uchun hurmat devori bo'lib, ularda mehmonlar o'z tilaklari yoki bitiklarini yozib qoldirishgan. Ularni ko'zdan kechirayotib, Mirzo Ulug'bek va Alisher Navoiy bitiklarini kashf etdik. Ayni damda ulug' allomalarimiz bitiklarini ilmiy jihatdan o'rganishga doir ishlar olib borilmoqda, — deydi Madaniy meros agentligi direktori birinchi o'rinbosari Tursunali Qo'ziev.
Ma'lumot o'rnida : Xizmat safari eron Islom Respublikasiga O'zbekiston Respublikasining erondagi elchixonasi ko'magida amalga oshirilgan.