19-fevral kuni “Men gʻolib” ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan bir qator koʻchalar vaqtincha yopiladi.

Xususan, soat 07:00 dan soat 09:30 gacha:

➖“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi oldi maydonidan Furqat koʻchasi boʻylab Beshyogʻoch koʻchasi kesishgan joyigacha,

➖Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan joyigacha,

➖Islom Karimov koʻchasi boʻylab Amir Temur shoh koʻchasi bilan kesishgan joyigacha;

➖Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻli boʻylab Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan joyigacha,

➖Islom Karimov koʻchasi boʻylab “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi oldi maydonigacha boʻlgan koʻchalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatiladi.