Unda akademiyaning turli bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari, professor o'qituvchilar, hamda talabalar ishtirok etdi.

Ota-onalar zamonaviy smart tibbiyot oliygohida yaratilgan sharoitlar, o'quv labaratoriyalari, zamonaviy simulatsion markaz va yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi o'quv binosi bilan tanishishdi.

Ta'kidlanganidek,  Bugun tibbiyot sohasiga malakali kadrlar etkazib berish dolzarb vazifaga aylangan. Ushbu vazifa ijrosini ta'minlashda akademiya “Oliy ta'lim muassasasi va oila” hamkorligini yo'lga qo'ygan bo'lib,  o'tkazilgan  ilk kongressning maqsadi ham jamiyatning bosh bo'g'ini sanalgan oilalar bilan yaqindan ishlashdan iborat.

Aytib o'tilganidek, mazkur hamkorlik yoshlarning intelektual salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularning jahon standartlariga mos kadrlar bo'lib etishishlarida muhim o'rin tutadi. Qolaversa, ta'lim sifatini oshirishda mazkur kongressning ahamiyati katta. Anjuman davomida ota- onalar fikrlari va takliflari tinglandi.